Avtokredit bo'yicha qanday turdagi avtomobillarni sotib olish mumkin?
Rasmiy dilerlardan yangi avtomobillarni sotib olish imkoniyati.
Avtokredit bo'yicha garovni taqdim etish shartlari qanday?
Garov sotib olinayotgan yangi avtomobil bo'lishi mumkin.
Yuuridik shaxslar uchun avtokredit olish arizasini ko'rib chiqish muddati qanday?
Milliy bank arizalarni ko'rib chiqishning tez va samarali jarayonini ta'minlashga intiladi. Yuridik shaxslar uchun avtokredit olishga arizani ko'rib chiqishning o'rtacha muddati 3 dan 5 ish kunigacha.
Yuridik shaxslar uchun avtokreditlarning asosiy afzalliklari nimada?
- Professional maslahat va qo'llab-quvvatlash: Mutaxassislar rasmiylashtirishning barcha bosqichlarida professional maslahat va yordam ko'rsatishga tayyor va mijozlarga taklif etilayotgan kredit mahsulotlaridan maksimal darajada foydalanishga yordam beradi.
- Kreditning maqbul muddati va miqdorini tanlash imkoniyati.
- Rasmiylashtirishning soddaligi: Hujjatlarga minimal talablar va arizalarni ko'rib chiqishning tezkor jarayoni.
- Biznesni qo'llab-quvvatlash: Avtoparkni yangilashga yordam beradigan moliyalashtirish
Avtokredit olish uchun qanday hujjatlar talab qilinadi?
- Kompaniyaning ta'sis hujjatlari (ustav, ro'yxatdan o'tish to'g'risidagi guvohnoma).
- Kompaniya vakillarining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar.
- Sotib olinayotgan avtomobil uchun shartnoma.
- Garov mulkiga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (agar garov talab etilsa).